Ana xolos! "Galatasaroy" Falkao o‘rniga Shomurodovni olib kelmoqchi

  • 20 noyabr, 2019, 16:33
  • Bekzod Isayev
  • 8
  • Futbol
CHERY AUTO

«Rostov» klubidagi moliyaviy muammolar sababli, jamoa o‘z to‘purari Eldor Shomurodovni transferga qo‘yishi mumkinligi haqidagi xabarlar tarqalgach, o‘zbekistonlik goleadorga Rossiyaning grand klublaridan tashqari, Turkiyaning nomdor jamoasi ham da’vogarlik qilmoqda. Bu haqda tribuna.uz sayti Turkiyaning Hurriyet nashriga tayanib xabar berdi.

Tecno

Manbada yozilishicha, joriy mavsumda hujumchiga yolchimayotgan «Galatasaroy» Eldor Shomurodovga qiziqish bildirmoqda. Klub mavsum boshida o‘z safiga qo‘shib olgan ikki hujumchi – kolumbiyalik Radamel Falkao va ruminiyalik Florin Andonening o‘yinidan umuman qoniqmayapti. Ikki forvard ham jarohatlar girdobida qolayotgani klub bosh murabbiyi Fotix Terimning rejalarini buzmoqda. Katta umidlar bilan Istambul klubiga taklif etilgan Falkao mavsum boshidan buyon 5 o‘yinda bor yo‘g‘i 1 ta gol urgan. Turkiya Superligasining amaldagi chempioni O‘zbekiston terma jamoasi hujumchisini yanvardagi transfer oynasida qo‘shib olmoqchi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq TsSKA Shomurodov uchun 5 million taklif etayotgani haqida xabar chiqqan bo‘lsa, ko‘p o‘tmay «Sovetskiy Sport» nashri Shomurodov uchun kurashda «Zenit» favorit ekanligi haqida yozgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Ҳайрулла Аҳмаджонов
20/11/2019 16:42
хуррийнт нашри дейилган. бу гатеза бўлиши мумкин
Dior Akhunoff
20/11/2019 16:37
Internetdan Hurriyet ni saytiga kirdim ma'lumot yo'q!!!
Sherzod Allaberganov
20/11/2019 18:36
http://www.hurriyet.com.tr/sporarena/eldor-shomurodov-galatasarayda-iddiasi-41376483
&
BBS UZB
20/11/2019 18:20
Rossiya yoki Germaniya, Angliya klublaridan taklif bo'lsa undanam yaxshi
&
Surxon turon
20/11/2019 18:00
Нима бӯлишини январда биламиз
&
AzizXudoyberdiyev
20/11/2019 17:24
Nima bo'lgan taqdirda ham Shomurodov Turkiyaga ketmasligi kerak o'zi o'ynab turgan Rossiya chempionati ham Turkiya Chempionatidan ancha kuchli. U yerga otgani bilan o'sishdan to'xtab qoladi
&
Shoxrux MTJ
20/11/2019 17:30
Lekin Turkla ozbeklarga juddayam yaxshi munosabatda.. Ozbeklarni Rassiyada bir pulga olishmasa.. Turklar o'zbeklarga judda yaxshi munosabatda..
&
AzizXudoyberdiyev
20/11/2019 17:35
Eng yaxshisi Germaniyani o'rtamiyona jamoalaridan biriga o'tgani ma'qul Germaniyada o'ynab ko'pchilik osiyolik futbolchilar "ochilib" ketishgan Eng yaxshi variant Germaniya chempionati.adashmasam Shalke qiziqayotgandi eldorga.
&
AzizXudoyberdiyev
20/11/2019 17:35
Eng yaxshisi Germaniyani o'rtamiyona jamoalaridan biriga o'tgani ma'qul Germaniyada o'ynab ko'pchilik osiyolik futbolchilar "ochilib" ketishgan Eng yaxshi variant Germaniya chempionati.adashmasam Shalke qiziqayotgandi eldorga.
&
Shoxrux MTJ
20/11/2019 20:04
Shalke qiziqani bor gap lekin Shalke birinchi ijaraga olmoqchi agar yaxshi oynasa keyin 8 million$ bermoqchi.. Rostov konmadi.. Galatasaray 6,5 million taklif qilgan.. Sska 5.5 million bermoqchi faqat bolib bolib..
Dior Akhunoff
20/11/2019 16:37
Internetdan Hurriyet ni saytiga kirdim ma'lumot yo'q!!!
Sherzod Allaberganov
20/11/2019 18:37
http://www.hurriyet.com.tr/sporarena/eldor-shomurodov-galatasarayda-iddiasi-41376483