Ana xolos! FIFA prezidenti "Paxtakor"ni chempionlik bilan tabrikladi

  • 30 sentabr, 2019, 22:40
  • Bekzod Isayev
  • 3
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, Toshkentning "Paxtakor" klubi Superliga 20-turi doirasida Bekobodda "Metallurg"ni 2:1 hisobida mag‘lub etdi va muddatdan avval chempionlikni rasmiylashtirdi. "Sherlar" Bekoboddagi g‘alabadan so‘ng O‘zbekistonning 12 karra chempionlariga aylanishdi.

Tecno

FIFA prezidenti Janni Infantino O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasiga maktub yo‘llab, "Paxtakor" klubini mamlakat chempionati oltin medallariga ega chiqqani bilan tabrikladi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar berdi.

- "Paxtakor" klubi 2015 yildan buyon ilk marta yana O‘zbekiston chempionligini tantana qildi. Ushbu yutuq klubning ahil va mexnatkash jamoasi, murabbiylar shtabi hamda futbolchilarining ulkan mashaqqati mahsulidir. Mazkur muvaffaqiyat bilan "Paxtakor" klubining barcha vakillari hamda ishqibozlarini muborakbod etaman, - deya o‘z tilaklarini yo‘lladi FIFA prezidenti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Фан
01/10/2019 09:05
Админжонлар бу ерда "АНА ХОЛО...ОС" сузи сал ортикча эмасми.
Бу дунё буйича уз мамлакатлари чемпионларига ФИФА томонидан жунатиладиган оддий "шаблон" табрик хатику. Дунё буйича жунатиладиган хат айнан бизнинг чемпионимизга хам жунатилишини сал оддийрок кабул килишимиз керак эмасми ?
&
Hasan fanat pahtakor
02/10/2019 16:07
Adminlar ham antipahtakorku bunaqa narsani biz bilamiz bula qattan bilsin bittasi ana holos dib ovutsa bittasi sudyalar chempion qildi dib oʻzini ovutadi nichevo pahtakor No1
&
AzizGazieff-Marco Simic 55 PFK Pakhtakor Tashkent Uzbekistan GoLions
30/09/2019 22:43
Браво!!
Пахтакор булдозер,Пахтакор киллер,
Пахтакор рақибларни янчар филдур!!

ОЧЛни кейинги мавсум титратворамиз.
&
Muhammad2002
30/09/2019 22:52
Agar osha fifa prizdenti paxtakori qip qizil sudya la bilan yutishini bilsa edi ex afsus bilmaydi