Ana xolos! "Barselona" "Eybar"ga qarshi o‘yinga avtobusda boradi

  • 16 oktabr, 2019, 19:26
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” klubi La Liganing 9-turidan o‘rin olgan “Eybar”ga qarshi o‘yinga avtobusda ketishga qaror qildi. Bu haqda Cadena Cope nashri xabar bermoqda.

Tecno

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra “ko‘k-anor ranglilar” dastlab Bilbaogacha odatiy reys bilan samolyotda borishadi. Biroq, shundan so‘ng Eybargacha bo‘lgan 40 km masofa avtobusda bosib o‘tiladi.

Bundan tashqari Ernesto Valverde jamoasi biror-bir muammo kelib chiqmasligi uchun juma kuni emas balki payshanba kuni yo‘lga chiqishni rejalashtirgan.

Eslatib o‘tamiz, ayni damda Kataloniyada siyosiy maxbuslar sabab namoyishlar bo‘lib o‘tmoqda. Shu sababli La Liga rahbariyati xatto “Real”ga qarshi bo‘ladigan “El-klasiko”ni ham Madridga ko‘chirishni taklif qilmoqda.

Ma’lumot uchun, “Eybar” – “Barselona” uchrashuvi 19 oktyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 18:00 da boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!