
Ana xolos! Balotelli Italiya termasidan taklif oldi
Italiya terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Manchini ayni paytda Turkiya chempionatida “Adana Demirspor” jamoasi sharafini himoya qilayotgan Mario Balotelliga yana bir bor imkoniyat berishga qaror qildi. Bu haqda italiyalik jurnalist Fabritsio Romano xabar tarqatmoqda.
31 yoshli hujumchi turk klubi bilan 2024 yilning yarmigacha davom etadigan shartnomaga ega. Joriy mavsumda Balotelli 20 ta uchrashuvda maydonga tushib, sakkizta gol va to‘rtta assistga mualliflik qildi.
Balotelliga yaqinda “Nyukasl” taklif bilan chiqqan edi.
Italiya terma jamoasi 2022 yilgi jahon chempionatiga chiqish uchun o‘tish turnirida Shimoliy Makedoniya bilan kuch sinashishi lozim. Agar ular g‘alaba qozonsa, keyingi uchrashuvni Portugaliyaga qarshi o‘tkazadi.
Mario Balotelli Italiya terma jamoasi safida 2010-2018 yillar davomida 36 marotaba maydonga tushib, o‘z hisobiga 14 ta gol yozdirib qo‘ygan.
Fikrlar