
Ana xolos! Aguero yosh bolaga o‘rinbosar bo‘ladi
Erkin agent sifatida “Barselona”ga ko‘chib o‘tgan Serxio Aguero yangi jamoasida asosiy tarkib o‘yinchisi bo‘lmaydi.
Ronald Kuman boshchiligidagi murabbiylar shtabi “Manchester Siti” tarkibida eng ko‘p gol urgan mashhur hujumchini “Barsa”ning yosh futbolchisi Ansu Fatiga o‘rinbosar sifatida ko‘rmoqda.
Ma’lumotlarga qaraganda, bu masala transfer bo‘yicha muzokara vaqtida ham muhokama qilingan va Agueroning o‘zi bu shartga roziligini bildirgan.
18 yoshli Ansu Fati 2019 yilda “Barselona”da porlay boshladi. Biroq, o‘tgan yilning noyabr oyida og‘ir jarohat olib, haligacha maydonga qaytgani yo‘q. Yangi mavsumda yosh futbolchi asosiy hujumchi sifatida harakat qilishi kutilmoqda.
Kataloniyada Ansu Fati yaqin kelajakda Lionel Messi o‘rniga klubning haqiqiy etakchisiga aylanishini kutishmoqda.
Fikrlar