
Ana xolos! Abramovichga Tuxelning ishi yoqmayapti!
Ma’lumotlarga qaraganda, “Chelsi” xo‘jayini Roman Abramovich jamoa ko‘rsatayotgan o‘yin va qayd etayotgan natijalardan qoniqmayapti.
Klub mutasaddilari bosh murabbiy Tomas Tuxelni Roman Abramovich muhokamaga chaqirmoqchi ekani haqida ogohlantirdi.
Germaniyalik mutaxassisdan qisqa fursat ichida jamoada kuzatilayotgan salbiy o‘zgarishlarga barham berish vazifasi yuklatildi.
“Chelsi” Angliya chempionatining oxirgi uch uchrashuvdan ikkitasida ochko yo‘qotdi. Dastlab, “Manchester Yunayted” bilan o‘z muxlislari ko‘z o‘ngida durang o‘ynagan “aristokratlar”, oxirgi bahsda “Vest Xem”ga 2:3 hisobida yutqazdi.
Buning oqibatida Tomas Tuxel shogirdlari musobaqa jadvalida uchinchi pog‘onaga tushib qoldi.
Fikrlar