Ana bo‘lmasam! Bosh murabbiysiz o‘ynagan va ikki kishi kam bo‘lib qolgan "So‘g‘diyona" "Nasaf"ni taslim etdi

  • 16 iyun, 2024, 22:04
  • Karim Xudayqulov
  • 6
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston Superligasi 11-turidan o‘rin olgan "So‘g‘diyona" - "Nasaf" bahsi bo‘lib o‘tdi. Mazkur bellashuvda jizzaxliklar 1:0 hisobida kuchli raqibni taslim etdi. 

O‘yindagi yagona gol 18-daqiqa Lyupcho Doriev tomonidan kiritildi. Bundan tashqari, mezbonlar futbolchisi Otabek Ahadov 54-daqiqada qizil kartochka olib maydonni tark etdi. Qo‘shimchasiga, Samandarjon Mavlonqulov ham hakam tomonidan qo‘shib berilgan daqiqalarda o‘yindan chetlashtirildi. 

Mazkur g‘alabadan so‘ng "So‘g‘diyona" Superliga turnir jadvalida 5-o‘ringa ko‘tarilib oldi. "Nasaf" esa mag‘lubiyatdan qat’i nazar birinchi pog‘onada qoldi. 

  • O'zbekiston - Superliga
  • Joriy Mavsum

So'g'diyona

  • L. Doriev 18'
Tugadi
1 : 0

16.06.2024 20:00

Tecno

Nasaf

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Шоим Зарипов
17/06/2024 05:57
Бердиевни нима алокаси бор бу уйинда Сугдиёна кунталарни уйинини килди вакт чузиб темпни тушириб футбол мардлар уйини кунталарни эмас.
&
Shuhrat 1979
17/06/2024 17:08
Насафга ишонишда давом этаман, худо хохласа 2 даврада Насаф ижобий натижалар килиб чемпионликга эришади худо хохласа
&
Марсил
16/06/2024 22:43
Насаф расво килди .бердиевни олиш керак
&
Bolelshik
17/06/2024 00:27
Shuni yengolmading-a Nasaf! Bu yil katta natija kutmasa ham bo'lar ekan
&
Журабой
16/06/2024 22:45
Яша Сугдиена ! Эзиб ташладинг. Хар доим галаба ер булсин !
&
Ulja Toliyev
16/06/2024 22:06
Насаф келишилган уйин менимча