
"An-Nasr"ning g‘alabali seriyasi davom etadi
Saudiya chempionati doirasida bo‘lib o‘tgan "Ash-Shabab" - "An-Nasr" bahsida riyodliklar 2:3 hisobida g‘alaba qozondi.
Dastlab, Ronaldu hisobni ochdi, taym so‘nggida esa Karrasko imkoniyatlarni tenglashtirib qo‘ygan bo‘lsa, Taliska jamoasini oldinga olib chiqdi. Shundan so‘ng Karvalo hisobni tenglashtirdi. So‘nggi daqiqalarda Taliska dublni rasmiylashtirdi.
Ushbu o‘yindan keyin riyodliklar turnir jadvalida "Al-Hilol" bilan oradagi farqni 4 taga etkazib oldi.
"Ash-Shabab" 2:3 "An-Nasr"
Fikrlar