
"An-Nasr" portugaliyalik futbolchisini bilan xayrlashadi
"An-Nasr" portugaliyalik futbolchisi Otavioni sotib yuborish arafasida.
Fabritsio Romano xabar qilishicha, yarim himoyachi faoliyatini "Al-Qosidaya" klubida davom ettiradi. Tomonlar shartnoma bo‘yicha kelishuvga erishishgan.
30 yoshli Otavio bundan 2 yil avval 60 million evro evaziga "Portu"dan "An-Nasr" safiga kelib qo‘shilgan edi.
O‘tgan mavsumda futbolchi 28 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol va 5 golli uzatma amalga oshirgan.
Fikrlar