
"An-Nasr" APL yulduziga fantastik maosh taklif qilmoqchi
"Manchester Siti" yarim himoyachisi Kevin De Bryuyne kelasi yozda Saudiya Arabistoni chempionatiga ko‘chib o‘tishi mumkin. Bu haqda Goal nashri xabar tarqatmoqda.
Manbaga ko‘ra, "An-Nasr" belgiyalik futbolchi uchun haftasiga 1 million funt sterling (deyarli 1,2 million evro) maosh taklif qilib, uni o‘z safiga jalb qilmoqchi. Qayd etish lozimki, yarim himoyachi uchun MLSning "San-Diego" klubi ham da’vogarlik qilmoqda, biroq “An-Nasr” “shaharliklar” etakchisi uchun bahsda g‘alaba qozonishiga ishonmoqda.
Yaqinda matbuotda Kevin De Bryuyne bilan shartnoma imzolashni "An-Nasr"ga shaxsan Krishtianu Ronalduga tavsiya qilgani haqida ma’lumot paydo bo‘ldi.
33 yoshli futbolchining "Manchester Siti" bilan shartnomasi joriy mavsum oxirida yakuniga etadi. U "Siti" tarkibida 2015 yildan buyon to‘p surib kelmoqda.
Fikrlar