Amorim “Roma”dan hujumchi olmoqchi! U kim ekan?

  • 6 fevral, 10:45
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Roma”ning argentinalik hujumchisi Paulo Dibala transfer bozorida da’vogarlari ko‘p o‘yinchilardan hisoblanadi.

Tecno

31 yoshli futbolchini “Manchester Yunayted” ham nishonga oldi. Manchesterliklar uni yozgi transferlar vaqtida o‘z safiga qo‘shib olishga harakat qilmoqchi.

Evropadagi murabbiylar Paulo Dibalaning hujum tashkil qilish qobiliyati, jamoani o‘z ortidan ergashtira olishi, maydonni yaxshi ko‘ra olishini alohida e’tirof etishadi.

“Manchester Yunayted” rahbariyati tajribali futbolchi jamoaga olib kelinsa, hujum chizig‘ida rang-baranglikni oshirishiga ishonch bildirmoqda.

O‘z navbatda, “Roma” futbolchi bo‘yicha yaxshi taklif tushsa, ko‘rib chiqishga tayyor. “Manchester Yunayted” jahon chempionini qo‘lga kiritish uchun qt’aning boshqa klublari bilan raqobat qilishiga to‘g‘ri keladi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!