Amorim: "Men o‘zimning va futbolchilarimning energiyasiga ishonaman"

  • 31 mart, 18:33
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ruben Amorim jamoaning holati va bo‘lajak uchrashuvlar haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Men o‘z kuchimga juda ishonaman. Shuningdek, futbolchilar ham o‘zlariga ishonchni oshirdi, ularning energetikasi o‘zgardi. Ammo natijalarga qarab vaziyat o‘zgarishi mumkinligini ham yaxshi bilaman.

Biz bu energiyani saqlab qolishga va ayrim jihatlarni sezilarli darajada yaxshilash ustida ishlayapmiz. Hatto g‘alaba qozongan paytimizda ham takomillashtirishimiz kerak bo‘lgan jihatlar borligini tan olamiz.

Hozir biz boshqacha bosqichdamiz, o‘zimizga ishonchimiz baland va mavsumning so‘nggi ikki oyiga tayyormiz. Qaysi o‘rinda tugatishimizni bilmayman, lekin yuqoriga intilish va g‘alabalar qozonishni xohlaymiz" - deya ta’rif berib o‘tdi portugaliyalik mutaxassis.

Ma’lumot o‘rnida, "qizil iblislar" 1 apreldan 2 aprelga o‘tar kechasi "Nottingem Forest"ga qarshi maydonga tushadi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!