Amerika kubogi. G‘oliblikka da’vogar Argentina guruh bosqichining 2 ta turidan so‘ng oxirgi o‘ringa tushib ketdi

  • 20 iyun, 2019, 09:43
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor ayni damda Braziliya yashil maydonlarida futbol bo‘yicha Amerika kubogi musobaqasi bo‘lib o‘tmoqda.

Tecno

E’tiborlisi, turnir avvalida g‘oliblik uchun asosiy da’vogarlardan biri sifatida tilga olingan Argentina terma jamoasi ushbu ishonchlarni umuman oqlamayapti. “Albasetlar” guruh bosqichining ortda qolgan 2 ta turidan so‘ng o‘zi joy olgan “B” guruhida so‘nggi pog‘onaga tushib ketdi.

Eslatib o‘tamiz, Argentina ilk turda Kolumbiyaga 2:0 hisobida imkoniyatni boy bergan edi, bugun esa ikkinchi turda Paragvayni (1:1) enga olmadi. Endi ular guruhning so‘nggi turini 24 iyun kuni Qatar terma jamoasiga qarshi maydonga tushishadi.

68

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Nasaf_qashqadaryo
20/06/2019 10:08
nega hamma sayt Argentinani oxirgi o'ringa tushib ketdi deb yozyapti birinchi turdan kiyin ham oxirgi o'rinda ediku