
Alonsoning aralashuvi Sebalosning transferini cho‘zib yuborishi mumkin
Dani Sebalosning Madrid klubidagi kelajagi nafaqat "Marsel"ning qiziqishiga, balki murabbiylar jamoasining qaroriga ham bog‘liq.
ESPN ma’lumotiga ko‘ra, "qaymoqranglilar" futbolchini keyinchalik sotib olish imkoniyati bilan ijaraga berishni ko‘rib chiqishga tayyor. Biroq, sotib olish narxi 15-20 million evroni tashkil etishi lozim.
Ta’kidlanishicha, Xabi Alonsoning pozitsiyasi vaziyatni murakkablashtirmoqda. Ya’ni murabbiy klub munosib o‘rinbosar topmaguncha yarim himoyachini qo‘yib yuborish niyatida emas. Hozirda mos o‘yinchini topish oson emas va aynan shu holat muzokaralarni cho‘zib yuborishi mumkin.
Ma’lumot uchun, 29 yoshli ispaniyalik futbolchi 2017 yildan beri "Real" safida to‘p tepib kelmoqda, shuningdek, uning faoliyatida "Arsenal"da ikki yillik ijara ham mavjud.
Fikrlar