
Alonso ketsa, “Bayer” “Real Madrid” afsonasini murabbiy qiladi
Agar jamoaning amaldagi bosh murabbiyi Xabi Alonso klubni tark etsa, “Bayer” "Real Kastilya" bosh murabbiyi Raulni taklif qilishi mumkin. Bu haqda “Sport Bild” xabar bermoqda.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan mavsumda Alonso "Bayer" bilan Germaniya chempionligini qo‘lga kiritgandi. Joriy Bundesliganing uch turidan so‘ng Leverkuzenliklar 6 ochko bilan turnir jadvalida beshinchi o‘rinda bormoqda.
Raul 2015 yilda futbolchilik faoliyatini yakunlagan. Ispaniyalik hujumchi eng katta shon-shuhratga "Real Madrid"dagi o‘yinlari tufayli erishgan, “qirollik klubi” libosida 741 o‘yinda 323 ta gol urgan.
Fikrlar