
Allegri faoliyatini qaerda davom ettirmoqchi?
Italiyalik mutaxassis Massimiliano Allegri faoliyatini Angliya premer-ligasida davom ettirishi mumkin.
The Guardian nashri tarqatgan xabarga ko‘ra Allegri agar Ule Gunnar Sulsher iste’foga chiqarilsa, "Manchester Yunayted"ni boshqarishga tayyor. U allaqachon ingliz tilini o‘rganishni boshlab yuborgan.
Biroq, MYu rahbariyati hozircha Sulsherni ishdan olishni rejalashtirmayapti.
Ma’lumot uchun, Allegrining so‘nggi ish joyi Turinning "Yuventus" klubi bo‘lgan edi.
Fikrlar