
Alisher Usmonov Xalqaro qilichbozlik federatsiyasi prezidentligiga nomzod bo‘ldi
Alisher Usmonov Xalqaro qilichbozlik federatsiyasi (FIE) prezidentligiga qaytishi mumkin
Rossiyalik taniqli o‘zbek milliarderi Alisher Usmonov yana katta sportga qaytishi mumkin. Usmonov nomzodi Xalqaro qilichbozlik federatsiyasi (FIE) prezidentligiga ko‘rsatildi. Bu borada ikkinchi nomzod esa shvetsiyalik tadbirkor Otto Drakenberg hisoblanadi.
30 noyabr kuni Toshkentda bo‘lib o‘tadigan tashkilot qurultoyida FIE rahbari saylovi bo‘lib o‘tadi. Ta’kidlashk kerakki, federatsiyaning muvaqqat prezidenti gretsiyalik Emmanuel Katsiadakis hisoblanadi. Usmonov nomzodi 103 mamlakat milliy federatsiyalari tomonidan qo‘llab-quvvatlangan. Drakenberg nomzodi esa Shvetsiya qilichbozlik federatsiyasi tomonidan ilgari surildi.
Eslatib o‘tamiz, 71 yoshli Alisher Usmonov 2001-2009-yillarda Rossiya qilichbozlik federatsiyasi prezidenti, 2005-2009-yillarda esa Evropa qilichbozlik federatsiyasi rahbari bo‘lgan. U 2008 yildan 2022 yilgacha Xalqaro qilichbozlik federatsiyasi prezidenti sifatida faoliyat yuritgan. Ushbu vaqt orasida Usmonov 2012, 2016 va 2021 yillarda tashkilot rahbarligiga qayta saylangan.
Fikrlar