Aleksandr Xomyakov: "Ochko yo‘qotdikmi yoki ochko oldikmi, bilmadim"

  • 7 avgust, 2021, 08:46
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Mash’al” klubi AGMK stadionida mezbon nomi ostida “Bunyodkor” bilan bellashdi. Ushbu uchrashuvda muborakliklar tayyor g‘alabani qo‘ldan chiqardi va uchrashuv 1:1 hisobida yakun topdi.

Tecno

“Mash’al” bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov taassurotlarini quyidagicha izohladi:

- Hissiyotlarga boy o‘yin bo‘ldi. Har uchrashuvni xuddi oxirgi o‘yindek o‘tkayapmiz. Ochko yo‘qotdikmi yoki ochko oldikmi, buni hozir aytishim qiyin. Lekin biz yomon o‘yin o‘tkazmadik. Futbolchilarimga maydonda borini berib o‘ynaganliklari uchun minnatdorchilik bildiraman. Oldinga yurishda davom etamiz.

VAR to‘g‘risida oldin ham aytganman, hakamlar ham odam, adashishi mumkin. Shu bois VAR har taraflama yaxshi. Bu hakamlarning xatosini to‘g‘rilaydi.

“Bunyodkor”ning qanday o‘ynashini bilardik. Shu bois reja tuzib chiqqandik. Yigitlar ko‘rsatmalarimizni to‘g‘ri bajardilar, - dedi Xomyakov.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!