Aleksandr Xomyakov: "Murabbiy ko‘rsatma beradi, hammasini esa futbolchilar amalga oshiradilar"

  • 26 oktabr, 2024, 22:57
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Andijon” – “Olimpik” (1:0) o‘rtasidagi uchrashuvdan keyingi matbuot anjumaninig ikkinchi qismida mezbonlar ustozi Aleksandr Xomyakov savollarga javob qaytardi.

Tecno

- Bugun murosasiz, shu bilan birga ancha asabiy o‘yin bo‘ldi. Boisi, jamoalar o‘z oldiga qo‘yilgan vazifalarni bajarmoqdalar. Albatta, bellashuv chog‘ida bir qancha jabhalarda raqibdan ustunlik qildik. Chempionat oxirlab bormoqda, ochko jamg‘arish o‘ta muhim. O‘yinni yutganimizdan xursand bo‘ldim, yigitlarga rahmat. G‘alaba uchun ularga yana bir bor rahmat aytmoqchiman.

- Oxirgi paytlarda “Andijon” yaxshi o‘yin ko‘rsatyapti. Mana, O‘zbekiston Kubogi finalida ham g‘alaba qozondinglar. Bugun ham jamoa taktik tomondan yaxshi o‘ynadi, to‘g‘ri taktika tanladi va shuning hisobiga yutdi.

- Iliq fikrlar uchun minnatdorman. Kubok finalidagi g‘alaba bilan sizni ham tabriklayman! Darhaqiqat, bu ajoyib yutuq bo‘ldi, lekin endi hammasi tarixda qoladi. Jamoa esa faqat olg‘a siljishi darkor. Yana shuni aytish kerakki, avvalo oxirgi g‘alabalarda mening hissam unchalik yuqori emas, hammasini yigitlar maydonda amalga oshirdilar. Murabbiy ko‘rsatmalar beradi, hammasini esa futbolchilar amalga oshiradilar. Shuni aytish kerakki, biz bundan keyin ham oldinga harakatlanishdan to‘xtab qolmoqchi emasmiz.

- Bugun ikki xil bo‘lim guvohi bo‘ldik. “Andijon” birinchi bo‘limda o‘z o‘yinini ko‘rsata olmagandek bo‘ldi. Ikkinchi bo‘limda esa g‘alaba qozonish uchun juda xavfli hujumlar uyushtirdi, faol o‘ynadi. Nima uchun ikki xil taymni ko‘rdik?

- Ha, bellashuv chog‘ida bir qancha jabhalarda raqibdan ustunlik qildik. Lekin raqib o‘yinini himoyaga tayangan holda tashkil etgani uchun bizga oson bo‘lmadi va buning uchun futbolchilarimizga rahmat. Siz aytib o‘tganingizdek, taktikamizni umuman o‘zgartirganimiz yo‘q. Qolaversa, raqibning keskin ravishda qarshi hujumlar uyushtirishi mumkinligidan hushyor tortib o‘ynadik. Birinchi bo‘limda Levan Arveladze jarohat olgani bois uni almashtirishga majbur bo‘ldik. Eng asosiysi, yigitlarimiz bo‘shashmasdan o‘z yo‘lida davom etishlari kerak. Bu chempionatda ikkinchi davradagi birinchi g‘alabamiz bo‘ldi. So‘zim oxirida barcha ishqibolarmizga jamoamiz a’zolari nomidan minnatdorlik bildirmoqchiman, hammaga omad yor bo‘lsin!

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!