
Aleksandr Usik Donald Trampga noodatiy taklif bilan chiqdi
38 yoshli ukrainalik bokschi Aleksandr Usik AQSh prezidenti Donald Trampga noodatiy taklif bildirdi.
"Men Amerika prezidenti Donald Trampga Ukrainaga kelib, bir hafta yashashni taklif qilaman, faqat bir hafta. Men unga uyimni ham berishga tayyorman. Ukrainada yashash qanday bo‘lishini bir ko‘rib qo‘ying" - deya charm qo‘lqop ustasining so‘zlarini keltirdi "BBC".
Ma’lumot uchun, Usik professional bokschi sifatida 23 ta jang o‘tkazib, ularning barchasida g‘alaba qozongan.
Fikrlar