
Albert Ramos Rioda Nikolas Xarridan hamyurtining alamini olmoqchi
Ispaniyalik Albert Ramos Rio-de-Janeyroda o‘tayotgan turnirning ilk to‘sig‘idan muvaffaqiyatli o‘tdi.
U musobaqaning birinchi davrasida braziliyalik Rojerio Dutra da Silvani 6:3, 3:6, 6:4 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Ramos endi “Rio Open – 2018” turnirining chorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritish uchun chililik Nikolas Xarriga qarshi kortga chiqadi.
Eslatib o‘tamiz, Nikolas ilk davrada ispaniyalik Gilermo Garsia-Lopesni 6:3, 7:6 hisobida engan
Fikrlar