
Alba: Pike uchun sovrin yutishga bor kuchimizni ishga solamiz
"Barselona" himoyachisi Xordi Alba faoliyatini yakunlagan jamoadoshi Jerar Pike haqida fikr bildirdi.
– G‘alati tuyg‘u. Bu "Barselona" futbolchilari va barcha kataloniyaliklar uchun qayg‘uli lahza. Jerarning ketishi achinarli, sababi u klub uchun juda ko‘p ish qilgan.
Men uni juda yaxshi bilanman. U tanimagan odamlari bilan sovuqqon, lekin yaqinlari bilan ancha samimiy. Uning yig‘lashini bilgandim. Pikening yaqinlari bu qarorini bilishgan, lekin qachon e’lon qilishi noma’lum edi.
U "Barsa"ga ko‘p narsa berdi, klub esa unga. Biz uni sog‘inib qolamiz. Endi sovrin yutish uchun bor kuchimizni ishga solamiz. Biz buni Pikega bag‘ishlamoqchimiz", - dedi futbolchi.
Fikrlar