
Alba faoliyatini Madrid klubida davom ettirishi mumkin
"Barselona" himoyachisi Jordi Alba joriy mavsum oxirida jamoani tark etishi mumkin.
"Todofichajes" nashri xabariga ko‘ra, 33 yoshli futbolchida Ispaniya chempionatining boshqa top-klubida faoliyatini davom ettirish imkoniyati bor.
Manbaning xabariga ko‘ra, Albaga Madridning "Atletiko" klubi qiziqish bildirmoqda. "Matraschilar" yozgi transfer oynasida himoyachiga shartnoma taklif qilishga tayyor.
Jordi 2012 yilning yozidan beri kataloniyaliklar tarkibida to‘p tepmoqda. Tomonlar o‘rtasidagi amaldagi shartnoma muddati 2024 yilning yoziga qadar mo‘ljallangna va unig narxi 5 million evroni tashkil qiladi.
Ispaniyalik chap qanot himoyachisi joriy mavsum La Ligada 16 ta o‘yinda maydonga tushib, bitta gol va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar