
Alamli mag‘lubiyatdan keyin Gvardiola “Siti”dan qay holatda ketishini aytdi
Angliya Premer-ligasining 15-turida amaldagi chempion – “Manchester Siti” safar uchrashuvida “Aston Villa”ga kichik hisobda imkoniyatni boy berdi.
“Shaharliklar” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola qaysi holatda jamoani tark etishi mumkinligini aytib o‘tdi.
- Agar biz bu yil ham treblga erishsak, mavsum oxirida iste’foga chiqaman. Bu aniq. Bu o‘ta qiyin vazifa ekanini yaxshi bilaman. Angliyada nechta zo‘r jamoa o‘ynagan bo‘lsa, ular orasidan faqat bittasi Aleks Fergyuson qo‘l ostida trebl qayd etgan.
O‘tgan mavsum bu ishni biz ham uddaladik, - dedi Xosep Gvardiola.
Ispaniyalik mutaxassis “Manchester Siti”ni 2016 yildan beri boshqarib kelmoqda. Uning amaldagi shartnomasi 2025 yilning yozigacha davom etadi.
Fikrlar