
"Al-Nassr" Masharipovni qanchaga baholamoqda?
Avvalroq, "Al-Nassr" yarim himoyachisi Jaloliddin Masharipovga Osiyoning bir nechta jamoalaridan takliflar borligi haqida yozgandik.
SPORTS.uz saytiga ma’lum bo‘lishicha, Saudiya klubi futbolchini ortga qaytarmoqchi. Shuningdek, agar uning transfer summasini to‘lashga tayyor jamoalar bo‘lsa, bu variantni ham ko‘rib chiqishga tayyor. "Al-Nassr" Masharipov transferidan kamida 5 million evro ishlab olmoqchi.
Eslatib o‘tamiz, saudiyaliklar Jaloliddinni "Paxtakor"dan 1.5 million evroga sotib olganligi haqida xabar bergan edik.
Fikrlar