
"Al-Nassr" "Las-Palmas" bilan durang o‘ynadi. Masharipov ...
Yangi mavsumga Ispaniyada tayyorgarlik ko‘rayotgan "Al-Nassr" ilk nazorat o‘yinida maydonga tushdi.
Riyodliklar "Las-Palmas"ga qarshi bahsda 2:2 hisobida durangga imzo chekdi. Legionerimiz Jaloliddin Masharipov belidagi og‘riq sababli ushbu uchrashuvda qatnashmadi.
Rudi Garsiya boshchiligidagi klub yig‘in davomida yana "Saragosa", "Malaga" va "Kadis"ga o‘rtoqlik o‘yinlarini o‘tkazadi.
Fikrlar