"Al-Ittihod" marokashlik yarim himoyachi uchun kurashga qo‘shildi

  • 31 dekabr, 2023, 10:45
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Marsel" yarim himoyachisi Azzedin Unai faoliyatini Saudiya chempionatida davom ettirishi mumkin. Unga "Al-Ittihod" jiddiy qiziqish bildirmoqda, deya xabar berdi "FootMercato" nashri. 

Tecno

Manbaning ta’kidlashicha, futbolchini o‘z tarkibida ko‘rishni istayotgan klublar orasida "Al-Ahli", "Al-Hilol", "Ash-Shabab" va "Al-Duhayl" kabi jamoalar ham bor. Shuningdek, "Marsel" uni qo‘yib yuborishga tayyor. 

Eslatib o‘tamiz, Unai o‘tgan qishki transferlar oynasida marselliklar safiga ko‘chib o‘tgandi. U Qatarda bo‘lib o‘tgan mundialdagi harakatlari evaziga top klublar e’tiborini ham tortgandi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!