
"Al-Hilol" MYu yulduzining vakili bilan muzokaralar o‘tkazdi
Bruno Fernandeshning Saudiya chempionatiga ko‘chib o‘tishi tobora haqiqatga aylanmoqda. Jurnalist Ben Jeykobsning xabariga ko‘ra, "Manchester Yunayted"ning portugaliyalik yarim himoyachisi Saudiya Arabistonining "Al-Hilol" klubidan tushgan taklifni jiddiy ko‘rib chiqmoqda.
Ushbu hafta futbolchining agenti Migel Pinyu Ar-Riyodga etib borib, klub rahbariyati, jumladan prezident Fahad bin Nafal bilan muzokaralar o‘tkazdi.
Mahalliy manbalar muzokarani ijobiy yakunlangani va tomonlar og‘zaki kelishuvga erishishgani haqida xabarlar berishgan. "Al-Hilol" klublar o‘rtasidagi jahon chempionatiga qadar tarkibni kuchaytirishni maqsad qilgan va Fernandeshning transferi ustuvor vazifalardan biri hisoblanmoqda. Klub futbolchidan yakuniy javobni keyingi payshanbagacha kutmoqda.
Portugaliyalik yarim himoyachi joriy mavsum APLda 36 ta uchrashuvda 8 ta gol va 10 ta golli uzatma amalga oshirgan.
Fikrlar