
"Al-Hilol" delegatsiyasi Parijga kelmoqda: Birinchi maqsad - Mbappe, ikkinchisi...
Saudiya Arabistonining "Al-Hilol" klubi vakillari PSJ hujumchisi Kilian Mbappeni jamoaga o‘tishga ko‘ndirishga umid qilmoqda.
L'Equipe nashri xabariga ko‘ra, saudiyaliklar delegatsiyasi Parijga kedib, Mbappe bilan muzokaralar o‘tkazmoqchi. Frantsiya poytaxtidan ko‘zlangan yana bir maqsad esa “Zenit”ning braziliyalik hujumchisi Malkomning transferini yakunlash hamdir.
Qayd etilishicha, “Al-Hilol” Mbappe va uning yaqinlarini transferga ko‘ndirish uchun o‘z loyihasini taqdim etish niyatida. Saudiya klubi delegatsiyasi Parijda bir necha kun bo‘ladi va ular bu vaqt ichida PSJ va Mbappe bilan transfer borasida kelishuvga erishishga umid qilmoqda.
Oldinroq “Al-Hilol” Mbappe uchun Frantsiya chempioniga 300 million evro taklif qilgani ma’lum bo‘lgandi. Hujumchining o‘zi esa tijorat kelishuvlari evaziga bir mavsumda 700 million evrogacha maosh olishi mumkin.
Fikrlar