"Al-Duhail" murabbiyi: "Paxtakor"ga qarshi o‘yinda avvalgi uchrashuvdagi g‘alabani takrorlashga intilamiz

  • 18 aprel, 2022, 15:19
  • Bekzod Isayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

"Paxtakor" bugun Osiyo Chempionlar ligasi 4-turida Qatarning "Al-Duhail" jamoasiga qarshi maydonga chiqadi. Bellashuv Toshkent vaqti bilan 22:15da start oladi.

Tecno

OFK rasmiy saytida qatarliklar ustozi Ernan Kresponing o‘yindan avval fikrlari chop etildi.

- "Paxtakor"ga qarshi o‘yin xuddi oldingi turdagi kabi juda qiyin bo‘ladi. Ammo biz, albatta, g‘alabani takrorlashga intilamiz.

Har bir uchrashuv katta mashaqqat talab etadi. Kuchli toliqish va bosimga qaramay, bu o‘yinga yaxshi tayyorgarlik ko‘rdik. Har doim g‘alaba qozonishni maqsad qilganmiz, - dedi Ernan Krespo.

Murod Rizaev: Buyog‘iga "Paxtakor" ham, "Nasaf" ham yutqazmasligi kerak. Chunki Eron, Qatar bizdan o‘tib ketishi mumkin

Hernan-Crespo3

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Восток
18/04/2022 16:24
Пахтакор омад тилаймиз