Akmal Shorahmedov "Lokomotiv"da! Endi u futbolchi emas, balki...

  • 15 dekabr, 2021, 19:57
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun “Lokomotiv” klubi Denis Korosnichenkoni bosh murabbiy etib tayinlaganidan xabaringiz bo‘lsa kerak. Qizig‘i shundaki, uning murabbiylar shtabidan Akmal Shorahmedov ham o‘rin olgani ma’lum bo‘ldi.

Tecno

O‘tgan yili pro ligada “Neftchi” sharafini himoya qilgan hamda jamoasi bilan Superligaga chiqqan futbolchini yangi mavsumdan murabbiy rolida ko‘ramiz. Bu xususida “Lokomotiv” klubi bosh shifokori Abror Pirriev o‘zining telegramdagi rasmiy kanalida ma’lum qildi.

“Denis Korosnichenko bugun klub rahbariyati bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvdan so‘ng jamoamiz bosh murabbiyiga aylandi. Ammo men uchun boshqa bir yosh murabbiy – jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha yangi mutaxassis – Akmal Shorahmedovning jamoamiz murabbiylar shtabida ish boshlashi ko‘proq e’tiborimni tortdi. Chunki futbolchilik faoliyatiga uzoq yillar bevosita guvoh bo‘lganim – Akmalning murabbiylik ostonasiga qadam bosishi va uning natijalari men uchun qiziq.

Ilgari terma jamoada Shorahmedovni futbolchi sifatida kuzatgan bo‘lsam, endilikda uning “Lokomotiv” murabbiyi maqomidagi natijalarining guvohi bo‘lish imkoni tug‘ildi. Akmal Shorahmedovning murabbiylik faoliyati uning futbolchi maqomidagi erishgan yutuqlaridan-da, yuksak bo‘lishiga tilakdoshman”, - deb yozadi, Pirriev.

Ko‘rib turganingizdek, Shorahmedov Korosnichenkoga jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha murabbiy sifatida ko‘maklashadi. Akmal futbolchilik faoliyati mobaynida “Paxtakor”, “So‘g‘diyona”, “Navbahor”, “Andijon”, "Nasaf", “Bunyodkor”, AGMK, “Neftchi” kabi klublarda to‘p surgan. 

Yaqinda Akmal Shorahmedov va uning jamoadoshi Shavkat Mullajonovning O‘FAda murabbiylik o‘quv-kursida o‘qiyotgani haqida xabar bergandik. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Shaymardonov Nurbek Nasimovich
15/12/2021 20:11
Nasafni nimaga yozmagansizla Ahir Akmal Nasafka kelib yana Akmal degan nomini uluglashterib ketuvdiki. Akmal Nasafka kelib uzi ham aytuvdi. Nasaf qanaqa hafas qilgulikka arziydigan klublegini