
Akmal final uchun kurashadi
Turkiyaning Antaliya shahrida tennis bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida J60 tasnifiga kiruvchi xalqaro turnirda Akmal Abdullaev uchinchi davradan muvaffaqiyatli o‘tdi.
Turnirning yakkalik bahslarida Akmal Abdullaev uchinchi bosqichda avstriyalik Timo Rosenkranzni 7:5, 6:2, chorak finalda neytral tennischi Anton Kartsevni 6:2, 4:6, 7:6 hisobida engdi va yarim finalda neytral tennischi Saveli Razanau bilan kuch sinashadigan bo‘ldi.
Shuningdek, Akmal Abdullaev juftlik bahslarida neytral tennischi Artem Makelov bilan ikkinchi bosqichda boshqa bir neytral tennischilar Anton Kartsev va Andrey Pikulin tandemini 6:3, 4:6, 10:6 hisobida taslim qildi.
Endi Akmal va Artem chorak finalda portugaliyalik Martim Bernardo va italiyalik Fabio Leonardi juftligiga qarshi kortga chiqadi.
Fikrlar