
Aka-uka Ro‘ziboevlarning navbatdagi jang sanasi ma’lum. Ular bitta kechada oktagonga ko‘tariladi
12 sentyabr kuni Rossiyaning Moskva shahrida "Open Fighting Championchip" promousheni navbatdagi turnirini tashkil etadi.
Biz uchun ahamiyatli jihati, mazkur jang oqshomida yurtimizning eng mashhur MMA vakillaridan biri Nursulton Ro‘ziboev hamda uning ukasi Mashrabjon Ro‘ziboev ham oktagonga ko‘tariladi.
Nursulton o‘rta vazn (-84 kg) toifasida Braziliya vakiliga qarshi jang qiladi. Uning kim ekanligi haqida ham yaqin vaqtlar mobaynida ma’lum qilamiz. Mashrabjon esa yarim o‘rta vazn (-77 kg) toifasida oktagonga ko‘tariladi. Biroq, hozircha uning raqibi ma’lum emas. Tez orada bunga ham aniqlik kiritiladi.
Shu o‘rinda ta’kidlab o‘tish lozimki, aka-uka Ro‘ziboevlar Bahraynning "Brave SF" promousheni bilan shartnomaga ega. Albatta, unda nega "Open Fighting Championchip"da jang qilmoqda, degan savol tug‘ilishi tabiiy.
Murabbiyi Bekzod Jiyanovning Sports.uz saytiga ma’lum qilishicha, Nursultonning Milandagi jangi bo‘lmaganligi sababli, Bahrayn promoushenidagi janglari orasidagi masofa cho‘zilib ketgan va "Brave SF" rahbarlari yurtdoshlarimizga rus promoushenida ushbu jangni o‘tkazishlariga rozilik bergan.
Shu o‘rinda har ikkisiga muhim jangda omad yor bo‘lishini tilab qolamiz!
Fikrlar