
Aguero o‘zini boshqa sport turida sinab ko‘rmoqchi
Sobiq argentinalik hujumchi Serxio Aguero o‘zini elektr poygalari seriyasi — "Formula E" da sinab ko‘rishga qaror qildi. Albatta, hozircha butun mavsumda ishtirok etish haqida gap ketmayapti, balki 5-6 mart kunlari Mayamida bo‘lib o‘tadigan ko‘rgazmali poygalarda qatnashadi.
Aguerodan tashqari, trekda Devid Bekxemning o‘g‘li Bruklin ham ishtirok etadi. Shuningdek, musobaqada AQShning mashhur san’atkorlari va ijtimoiy tarmoq yulduzlari ham poyga mashinasi ruliga o‘tirishadi. Lionel Messining ham ushbu musobaqaga tashrif buyurishi kutilmoqda.
"Futbolchidan dunyoning eng tezkor poyga seriyalaridan birining pilotiga aylanish — bu haqiqiy jinnilik! Men imkon qadar tezroq hamma narsani o‘rganishni va jamoamni eng yaxshi tarzda namoyish etishni xohlayman", — dedi Aguero.
Fikrlar