
Aguero faqat bir shart bilan "Barsa"ga o‘tishi mumkin
"Manchester Siti" hujumchisi Serxio Aguero tez orada "Barselona" bilan shartnoma imzolashi mumkin.
AS nashri tarqatgan xabarga qaraganda, 32 yoshli argentinalik futbolchi “ko‘k-anor ranglilar”dan 2 yillik shartnoma talab qilmoqda. Uning “Kamp Nou”ga ko‘chib o‘tishdagi eng muhim talabi boshqa. Aguero hamyurti Lionel Messining jamoada qolishini xohlamoqda. Agar Leo hech qaerga ketmasagina u “Barsa”ga o‘tadi.
Yozda shartnomasi tugaydigan va uni uzaytirishga shoshilmayotgan Messiga "Manchester Siti" va PSJ kabi klublardan jiddiy takliflar bor.
Aguero “Manchester Siti” safida 2011 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U joriy mavsum 15 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 3 ta gol yozdirib qo‘ydi.
Fikrlar