
Aguero faoliyatini davom ettira olmasligidan qo‘rqmoqda
"Barselona" hujumchisi Serxio Aguero yuragi bilan bog‘liq muammolar tufayli o‘zining professional kelajagi borasida qayg‘urmoqda.
Kecha Kataloniya klubi matbuot xizmati forvard kamida 3 oyni o‘tkazib yuborishini ma’lum qilgan edi.
"Diario Sport" xabariga ko‘ra, Aguero professional faoliyatini davom ettira olmasligidan qo‘rqmoqda. U uzoq vaqt safdan chiqqanidan tushkunlikka tushgan. So‘nggi ikki oydan beri Madridda yashayotgan onasi va ukasi Serxioni qo‘llab-quvvatlash uchun Barselonaga ko‘chib keldi.
Ma’lumot o‘rnida, 33 yoshli goleador oktyabr oyi oxirida debyut qilgandi. U La Ligada 4 ta o‘yinda ishtirok etib, 1 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.
Fikrlar