Aguero "Barselona"da asosiy tarkib futbolchisi bo‘lmaydi!

  • 10 iyul, 2021, 23:01
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" hujumchisi Serxio Aguero asosiy tarkib futbolchisi bo‘lmaydi.

Tecno

As nashri tarqatgan xabarga qaraganda, muzokaralar chog‘ida “Barsa” rahbariyati argentinalik futbolchini Ansu Fatiga o‘rindosh bo‘lishi haqida ogohlantirgan. O‘z navbatida Aguero ham ushbu shartga rozi bo‘lgan. Chunki u har qanday holatda ham qanchadir vaqt o‘yin amaliyotiga ega bo‘ladi.

18 yoshli Fati jarohati sabab 2020 yilning noyabridan buyon maydonga tushmayapti. U shu oydan mashg‘ulotlarga kirishdi.

Eslatib o‘tamiz, Aguero “Barselona” safiga erkin agent sifatida tekinga kelib qo‘shildi va 2 yillik shartnoma imzoladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!