
AGMK prezidenti jamoa bilan uchrashdi va yangi futbolchilarga liboslar topshirildi
AGMK futbol klubi prezidenti tayyorgarlik jarayonlari va bo‘lajak uchrashuv oldidan jamoa kayfiyati bilan qiziqdi.
Abdulla Xolmurodovich Xursanov jamoaga mavsumning hal qiluvchi ikkinchi davra o‘yinlarida omadli ishtirok etishni tilab, AGMK Olmaliq xalqini chempionlik bilan xursand etishga qodirligini ta’kidladi.
Shundan so‘ng, OKMK boshqaruv raisi va klub prezidenti Abdulla Xolmurodovich Xursanov hamda bosh direktor Bahodir Mirzaev AGMKga yozgi transfer bozorida kelib qo‘shilgan yangi futbolchilar: Shahzod Suyunov (25), Eldor Begimov (13), Artyom Filiposyan (16, Giorgi Papava (15), Muhammadanas Hasanov (19), Dan Spataru (9) va Mirjahon Mirahmadovga (99) jamoa liboslarini topshirishdi.
AGMK matbuot xizmati.
Fikrlar