AGMK o‘rtoqlik o‘yinida legionerimizning klubiga mag‘lub bo‘ldi

  • 19 yanvar, 2023, 08:13
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbek klublari Superliga yangi mavsumiga tayyorgarlik jarayonini xorijda davom ettirmoqda.

Tecno

Xususan, BAAda o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini o‘tkazayotgan AGMK kecha Aziz G‘aniev harakat qilayotgan "Shabab Al-Ahli" jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi. Bahs mezbonlarning 1:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

Bellashuv taqdirini dubayliklar legioneri Yuriy Tsezarning 41-daqiqada kiritgan yagona goli hal etib berdi.

Avvalroq, "Paxtakor" va "Bunyodkor" klublari ham nazorat o‘yinida ishtirok etgani haqida xabar bergandik.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!