AGMK — "Paxtakor" uchun yaxshi "o‘lja"

  • 15 sentabr, 2022, 13:11
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugundan O‘zbekiston Superligasida 19-tur uchrashuvlariga start beriladi. Kunning eng markaziy uchrashuvi Olmaliqda bo‘lib o‘tadi va unda AGMK "Paxtakor"ni qabul qiladi. Yana bir bellashuv esa poytaxtda o‘tkaziladi. Toshkent derbisi nomi ostida o‘tadigan o‘yinda "Olimpik" "Bunyodkor"ni sinovdan o‘tkazadi. Shu bois, bugun kunning markaziy bellashuvi AGMK - "Paxtakor" o‘yini haqida biroz fikr yuritishga qaror qildik.

Tecno

AGMK ayni payt Superliga turnir jadvalida 6-pog‘onani band etib turibdi. Lekin olmaliqliklar hali chempionlikdan umid uzgani yo‘q. Chunki Qosimov shogirdlari to‘plagan ochko va 1-o‘rindagi "Nasaf" to‘plagan ochko orasida katta farq yo‘q - 6. Demak, bugungi g‘alaba AGMKga nafaqat etakchilar bilan oradagi farqni qisqartiradi, balki chempionlik uchun imkoniyatlarini ham yaxshilab olishga yordam beradi.

"Paxtakor" hozirda turnir jadvalida 2-o‘rinni egallab turibdi."Sherlar" raqibidan farqlio‘laroq faqatgina bitta musobaqada qatnashmoqda. Maksim Shatskix shogirdlari yaqinda O‘zbekiston kubogidagi yurishini to‘xtatganidan keyin bor e’tiborini Superliga bahslariga qaratadi. AGMK esa hali kubokda ishtirok etmoqda.

Bu jamoalarning birinchi davradagi o‘yinida hisob ochilmagan - 0:0. AGMK so‘nggi marta o‘z maydonida 2017 yilda "Paxtakor"ni mag‘lub etgan - 2:0. Shundan keyin "konchilar" g‘alaba qozonish u yoqda tursin, xatto gol urishni ham uddalay olmayapti. To‘plar farqi - 0:13.

Umuman olganda, "Paxtakor" AGMK uchun juda ham noqulay raqib hisoblanadi. Boisi, Olmaliqda kechgan 14 o‘yinning 11tasida "Paxtakor" ustun kelgan. Mezbonlar esa 3 uchrashuvda yutuqqa erishganlar.

Bugungi o‘yinda har ikki jamoada ham yo‘qotishlar maqjud. "Paxtakor" safida Ikrom Aliboev jamoasiga yordam bera olmasa, maydon egalari tarkibida Murod Toshmatov o‘yiini o‘tkazib yuboradi.

"Paxtakor" bu mavsum 1 marta mag‘lubiyat alamini tortib ko‘rdi. "Sheralar" 1-davrada "Bunyodkor"ga 2:3 hisobida imkoniyatni boy bergan. Olmaliq klubi esa 5 uchrashuvda maydonni ochkolarsiz tark etgan.

Bugungi o‘yinda AGMK qora an’anani yo‘qqa chiqarish uchun ham maydonga g‘alaba uchun chiqadi. Osiyo Chempionlar Ligasi yo‘llanmasiga ega chiqish uchun yagona yo‘li qolgan "Paxtakor"ni esa faqat chempionlik qoniqtiradi. Chempion bo‘lish uchun esa Olmaliqdan 3 ochko bilan ortga qaytish zarur. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Олға насаф
15/09/2022 14:45
АГМК ҳам жа ўлжа эмас.
Husanov Zuhriddin
15/09/2022 16:00
Butun O'zbekiston AGMK GA muhlislik qilsa kerak