Afsonaviy Evander Xolifild yana ringga qaytmoqda. Jang sanasi va raqib ma’lum bo‘ldi

  • 12 aprel, 2021, 10:35
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Super og‘ir vazn vaznda sobiq jahon chempioni Evander Xolifild 5 iyun kuni Kevin Mak Braydga qarshi 8 raundlik (har bir raundi 2 daqiqalik) jangda ringga ko‘tariladi. Ushbu bahs "Tiller" kompaniyasi tomonidan tashkil etiladigan Teofimo Lopes va Jorj Kambobos jangi kechasi ikkinchi asosiy uchrashuv sifatida bo‘lib o‘tadi va pullik translyatsiyada namoyish etiladi.

Tecno

Xolifild (44-10-2, 29KO) 2011 yilda oxirgi marta Brayan Nelsonni nokautga uchratgach, faoliyatini yakunlagan edi. U Mayk Taysonga qarshi ko‘rgazmali jangda ringga ko‘tarilishi bo‘yicha muzokara o‘tkazib, oxir-oqibat Tayson Roy Jons bilan jang qilgan edi.

Mak Brayd (35-10-1, 29KO) eng yorqin bahsi 2005 yilda Mayk Tayson ustidan 6-raundda muddatidan oldin g‘alabasi bo‘lgan. 2011 yilda Marius Uashdan mag‘lubiyatga uchrab faoliyatini yakunlagan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!