
Afrika millatlar kubogi. Ilk finalchi nomi ma’lum
Afrika millatlar kubogi yarim finalidan o‘rin olgan Burkina Faso - Senegal uchrashuvi yakuniga etdi. Unda nominal mehmonlar 3:1 hisobida raqibdan ustun keldi.
Senegalliklar safida Diallo, Guye va Mane raqib darvozasini ishg‘ol qildi. Burkina Fasoning yagona goli Ture tomonidan kiritildi.
Shunday qilib, Senegal Afrika millatlar kubogi final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Fikrlar