"ADXC 4" turniri taassurotlari yoxud qayd etilgan natijalar!

CHERY AUTO

Haftalab davom etgan tayyorgarlikdan so‘ng, va nihoyat, ADXC 4 turniri o‘z nihoyasiga etdi. O‘tgan shanba kuni Frantsiya poytaxti Parij shahrida joylashgan Dojo de Paris arenasiga jahonning manaman degan djiu-djitsu va grepplingda mohir kurashchilari va jangchilari jam bo‘lishdi.
Grepping qoidalari asosida o‘tgan turnir asosiy jangi UFC‘ning kuchga to‘la, zabardast ikki azamati - frantsiyalik Benua Sen-Deni va angliyalik Mark Diakize o‘rtasida bo‘lib o‘tdi. O‘z vatani Frantsiyada jang qilgan Benua ADXC oktagoniga o‘zining jangovar harakatlarini amalga oshirish uchun tashrif buyurdi va jangning tempini to‘liq nazorat qildi. Meynivent tez yakunlanishi ehtimoli yuqori edi, ammo, birinchi raunddagi Sen-Denining raqibiga nisbatan bo‘yinni og‘ritish usulini amalga oshirishi Diakizening mohirona himoyasi sababli amalga oshmadi. Shu tariqa bellashuv besh raundga cho‘zildi. Bahs davomida, Diakize ham epizodlarda yaxshi vaziyatlarga ega bo‘lgan holda, finish orqali ham g‘alaba qozonishga imkoniyati mavjud bo‘ldi. Ammo, “Urush Xudosi” laqabli jangchining bosimi jang taqdirini hal va kutilganidek Benua jangda g‘alaba qozonish asnosida mahalliy muxlislar ko‘nglini ham shod ayladi.

Tecno

O‘sha turnirning muxlislar e’tibori jihatidan ikkinchi olishuvi norvegiyalik djitser Espen Mateysen va frantsiyalik Leon Larman o‘rtasida kechdi. Bahs startidanoq, Mateysen, berimbolo uslubida sabmishenga intildi. Xavfni sezgan Leon, raqibini yoqadan ushlagancha amalga oshirishga intilgan og‘ritish usuliga chap bera oldi, ammo, raund ekvatoridan o‘tganida baribir usulga tushgan holda taslim bo‘ldim va raqibi Espenga ADXC promousheni 77 kg. gacha bo‘lgan vazni chempioni bo‘lishiga yo‘l qo‘yib berdi. 
Navbatdagi bahsda uelslik Fion Devis uchun mavaffaqiyatli yakunlandi. O‘zi uchun tahlikali bo‘lgan gard pozitsiyasidan u, mardonavor tarzda raqibasi amerikalik Morgan Blek bosimiga bardosh bera oldi va bahsning ilk raundida armbar orqali muddatdan oldin g‘alaba qozondi.

Djiu-djitsu bo‘yicha keyingi o‘rindagi bahs, Holid al-Shehhi va Leonardo Mario o‘rtasida to‘liq davom etdi. Uch daqiqadan 5 raund davom etgan duelning birinchi raundi startidanoq Holid raqibi tomon teykdaunga intildi va sabmishenga urinib ko‘rdi. Urinish muvaffaqiyatsiz yakunlanishi hamonoq, Leonardoning bir oyog‘ini erdan uzgancha, oktagon chetiga bosim bilan pozitsiyani ko‘chirdi. Leonardo bosimga dosh bergan holda qarshilik ko‘rsatishga harakat qildi. Ammo, amirliklardan tashrif buyurgan kurashchi o‘zining texnikasidan moxirona foydalangan holda, tepa pozitsiyadan va yonbosh taraflama ham usullarga intilib ko‘rdi. Jang to‘liq davom etganida esa, Holid al-Shehhi o‘zining ko‘nikmalari va harakatlari evaziga raqibidan ustun ekanligini hakamlarga namoyish qilishi natijasida bo‘lingan qaror evaziga bahsda g‘olib chiqdi va ADXC yarim engil vazni titulini qo‘lga kiritdi. 

Ha, turnirdagi asosiy janglar o‘z yo‘liga qiziqarli va muxlislarni zeriktirishga sabab topilmagan janglar bo‘lgan bo‘lsada, asosiy kard va prelim kardda o‘ziga xos yuqori tempdagi boshqa olishuvlar ham kechdi. Quyida o‘sha boshqa janglar haqida to‘xtalamiz.

MMA jangchilari hisoblanmish Abdulkarim al-Selvadi va Amin Ayub o‘rtasidagi greppling bahsi dastlabki ikki raundi Abdulkarimning raqibi ustidan to‘liq nazorati ostida kechayotgan paytda, mahoratli sportchi Amin Ayub raqibini gilotina usuliga tushurishga bir bahya qoldi. Ammo, sabrli bo‘lgan al-Selvadi ushbu havfli qopqondan chiqib keta oldi va o‘z hisobiga hakamlar qaroriga ko‘ra g‘alabani yozdirib qo‘ya oldi. Shu tariqa, Falastin faxri bo‘lgan jangchi rekordidagi g‘alabalar ustuniga yana bitta g‘alabani qo‘shib qo‘ya oldi.

Kassio Silva Marko Oikaraynenga qarshi.
Rimda tashkil etilgan Abu-Dabi Katta Dubulg‘a greppling turniridagi shiddatli revansh jangi kabi, bu safar ham braziliyalik Kassio Silva raqibi finlyandiyalik Marko Oikaraynen ustidan zafar quchdi. Uchburchak, armbar va omoplata kabi turli xil tajovuzlarga ega arsenalga ega bo‘lsada Kassio raqibi Markoning ajoyib tarzdagi himoyasi sababli jangni finish orqali yakunlay olmadi. Bahsning so‘nggi onlaridagi usuldan eson-omon chiqib olgan Kassio ushbu bahsda hakamlarning bir ovozdan ma’qullashi orqali fin sportchisini mag‘lub etdi.

Nataniele de Jesus Elizabet Mitrovichga qarshi.
Turnir doirasidagi eng balansi ajoyib janglardan biri Nataniele va Elizabet o‘rtasida kechdi. Aktiv himoya va xavfli urinishlarga chap berishda o‘zining uzun oyoqlaridan foydalangan Elizabet, raqibasi Natanielening tepa pozitsiyadagi bosimi va tajribasiga turib bera oldi. Shiddatli stsenariy ostida o‘tgan bahsda Nataniele ko‘pchilik holatlarda orqa sohani nazoratga olgan holda raqibasiga tomon og‘ritish usulini qo‘llash, ba’zan esa, qo‘lni armbarga olishga muttasil intildi. Bu kabi xatti-harakatlar braziliyalik sportchi qizga ochkolar hisobiga g‘alabani ilib ketish uchun etarli bo‘ldi. 

Nia Blekman Magdalena Loskaga qarshi.
BJJ bo‘yicha jigarrang belbog‘ sohibasi bo‘lgan Nia Blekman o‘zining dadil qarorlarni qabul qilishi orqali ancha o‘zini yaxshi ko‘rsata olgan sportchi polshalik qora belbog‘ sohibasi Magdalena Loskaga qarshi jangning dastlabki epizodlarida bo‘g‘ish va omoplata usulidagi sabmishenlarga intilish orqali jangga start berdi. Shunday bo‘lishiga qaramasdan, Magdalena faollikni qo‘ldan boy bermadi va oraliqda jang tempini nazoratga oldi. O‘z o‘rnida Nia oyoqlarga dam-badam hujum qilib turish va keyinchalik ikkinchi va uchinchi raundlarda raqibasining orqa tomonini nazoratga olgan holda keskin finishlarga intildi. Shu tariqa, o‘zining urinishlari ancha zalvorliroq bo‘lganligi vajidan Nia Blekman ochkolar hisobiga jang g‘olibasiga aylandi.

Stivi Rey Ibrohima Manega qarshi
MMA veteranlari olishuvida Stivi Rey o‘zini tajribali greppler ekanini namoyish qila oldi. Ibrohimaga qarshi kechgan ushbu bahsning dastlabki ikki raundida shotland o‘g‘loni oyoqqa intilish va gilotinaga urinishlar orqali o‘zini yaxshi tomondan ko‘rsata oldi. Uchinchi raund esa tik oyoqda va kanvasga kam murojaat qilingan holda kechgan ersada, Stiven bahsning uchinchi raundi ikkinchi daqiqasi davom etayotgan onda yana bir bor gilotinaga murojaat qildi va bahsni muddatidan oldin yakunladi.

Yunnus Bennauli Florian Bayiliga qarshi.
Aksar janglarini ona vatani Frantsiyada o‘tkazuvchi jigarrang belbog‘ sohibi Yunnus o‘zining repertuaridagi yana bitta qiziqarli jangni belgiyalik Florian Bayiliga qarshi o‘tkazdi. Oyog‘ini mahkam turgan Yunnus jang kechishini o‘z qo‘liga oldi va epizodlarda teykdaunlarni muvaffaqiyatli amalga oshirib, sabmishenga intildi. O‘z o‘rnida Florianning asosiy qiladigan ishi pastki qavatlardan bo‘layotgan shturmlarni bartaraf etishdan iborat edi, ammo, jangning so‘nggi qismida temp va chidamining yuqoriligi sababli Bennauli hakamlarning nazdida jangda faol harakatlarni etarlicha qildi deya baholandi va ochkolar hisobiga ko‘ra uloqni o‘zida olib qoldi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!