Adhamjon Ergashev va Akbar Jo‘raev Fijidagi JChda qatnishishadi

CHERY AUTO

1-8 iyun kunlari Fijining Suva shahri og‘ir atletika bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi JChga mezbonlik qiladi. Xalqaro og‘ir atletika federatsiyasining yangi nizomiga ko‘ra, mazkur musobaqa Tokio Olimpiadasiga qimmatli reyting ochkolarini ham taqdim etadi. Shu bois unda jahon chempionligi qatorida Olimpiada uchun reyting ochkolari uchun qizg‘in kurash kechadi.

Tecno

Mazkur musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi vakillari ham ishtirok etishi belgilab qo‘yilgan. Unga ko‘ra, hamyurtlarimiz 2 sportchi va 1 murabbiy bilan 29 may kuni Fiji safariga yo‘l olishadi. Terma jamoamiz tarkibi:
-67 kg: Adhamjon Ergashev
-109 kg: Akbar Jo‘raev
Murabbiy: Jo‘rabek Zairov

Eslatib o‘tamiz, mazkur yosh toifasida o‘tgan yilgi dunyo birinchiligi 7-14 iyul kunlari Toshkent shahrida o‘tkazilgan va unda Adhamjon Ergashev oltin, Akbar Jo‘raev kumush medalni qo‘lga kiritgan edi.

Manba: olympic.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!