
Adesanya: "Bu safar Aleks Islamni mag‘lub etadi"
O‘rta vazn toifasi sobiq UFC chempioni Israel Adesanya Maxachev - Volkanovski jangiga taxminlarini bildirdi.
"Menimcha, Aleks bu safar Islamni mag‘lub etadi. Janglar davomida o‘ziga bo‘lgan ishonchi ancha ortdi. Volkanovski buni uddalay oladi.
Aleks revanshga jiddiy tayyorgarlik ko‘ryapti, kurash borasida ham unda tajriba etarlicha. Volkanovskining yo‘qotadigan narsasi yo‘q, u g‘alaba uchun oktagonga chiqadi", - dedi Adesanya.
Eslatib o‘tamiz, Maxachev - Volkanovski jangi 21 oktyabr kuni Abu-Dabida bo‘lib o‘tadigan UFC 294 turniri markaziy to‘qnashuvi hisoblanadi.
Fikrlar