Abraxamdan bunaqasini hech kim kutmagan edi

  • 20 may, 2022, 14:04
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Roma”ning angliyalik hujumchisi Temmi Abraxam bir necha rekordlar sohibiga aylandi.

Tecno

24 yoshli futbolch mavsumda 50 ta o‘yinda raqiblar darvozasini 24 marotaba ishg‘ol qildi va “Roma” tarixida debyut mavsumida eng ko‘p gol urgan futbolchi sifatida rekord o‘rnatdi.

Bundan tashqari, Abraxam Joze Mourino xizmatlaridan eng ko‘p foydalangan o‘yinchi hisoblanadi. Uning maydonda o‘tkazgan vaqti 4000 daqiqaga yaqinlashib qoldi. Temmi mavsumda atigi to‘rt marta zaxiradan o‘yinga qo‘shildi.

Abraxam faoliyati davomida ikki marta 25 tadan ko‘p gol urgan. Hujumchi bu natijalarni Angliya chempionshipida “Bristol Siti va “Aston Villa”da o‘ynagan davrida qayd etgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!