
Abraxam: “Mourino doim bizni rivojlanishimizni istaydi”
“Roma” bosh murabbiyi Joze Mourino Portugaliya terma jamoasini boshqarishi haqida mish-mishlar tarqaldi. Klub hujumchisi Temmi Abaraxam ushbu xabarlarga reaktsiya bildirdi.
“Mourino ajoyib inson va uni hamma o‘z klubida ko‘rishni istaydi. Biz ko‘p xabarlar eshitdik. Ishonchim komilki, murabbiy bor e’tiborini “Roma”ga qaratgan. Mourino har doim rivojlanishimizni istaydi. Biz hozir mavsum haqida o‘ylamoqdamiz”, - dedi 25 yoshli hujumchi.
“Men oldin ham aytganman u menga amakimdek bo‘lib qolgan. Joze mendan har doim eng yaxshisini xohlaydi. Mourino meni boshqaradigan murabbiy”, - deya qo‘shimcha qildi Abraxam.
Ingliz futbolchisi ushbu mavsum barcha chempionatlarda 21 ta o‘yinda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 2 ta assist amalga oshirdi.
Fikrlar