Abdumavlon Abdujalilov: "Biz o‘rinlarni emas, g‘alaba qozonish haqida o‘ylashimiz kerak"

  • 25 aprel, 2021, 15:11
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston Kubogida “Turon” ustidan qozonilgan g‘alabadan keyin “Lokomotiv” posboni Abdumavlon Abdujalilov o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

Tecno

- Ilk marta quruq o‘yin o‘tkazdingiz. O‘yindan taassurotlar qanday?

- Rostdan ham quruq o‘yin o‘tkazish juda ajoyib. Jamoa nechta gol urishidan qat’i nazar, o‘z darvozasining daxlsizligini saqlab qolishga harakat qiladi. Ayniqsa, o‘zimizning stadionda buni bajarish ajoyib. Bu erda o‘ynash doimo yoqimli. O‘yindan faqatgina ajoyib taassurotlar va yaxshi kayfiyat qoldi.

- Ketma-ket ikki o‘yinda maydonga tushdingiz. Demak, Javohir Ilyosov bilan raqobat juda kuchli bo‘lyaptimi?

- Biz professional klubda o‘ynaymiz. Demak, har bir chiziqda yuqori klassdagi futbolchilar to‘p suradi. Men ham, Javohir Ilyosov ham yaxshi o‘yin ko‘rsatishga harakat qilyapmiz. Futbolchilarning sof raqobati – juda ajoyib holat.

- Jamoa yaxshi odimlamoqda. Ketma-ket to‘rtta g‘alaba. Ammo mavsumni unchalik yaxshi boshlay olmagandik. Bu g‘alabalar jamoaga katta maqsadlar uchun kurashishida ko‘proq kuch beradimi?

- Mavsum startida hamma shu haqida gapirdi. Ha, shunday bo‘lib qoldi. Mavsumni juda yomon boshladik. Biroq hozirda pog‘onalar haqida emas, balki oldimizdagi har bir bahsda yutishni o‘ylashimiz kerak.

“Lokomotiv” matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!