Abbosbek Fayzullaevga Turkiyadan qiziqish bor. U faoliyatini "Fenerbaxche"da davom ettirishi mumkin!

  • 14 oktabr, 2023, 15:07
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Turkiyaning "Fenerbaxche" jamoasi O‘zbekiston U-20 termasi bilan Osiyo chempionligini qo‘lga kiritgan, hozirda Moskvaning TsSKA jamoasida to‘p tepayotgan Abbosbek Fayzullaevga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda Turkiyaning "Sporx.com" nashri xabar berdi. 

Tecno

Manbaga ko‘ra, klub bosh murabbiyi Ismoil Kartalning shaxsan o‘zi iste’dodli futbolchimizni jamoasida ko‘rishni istayapti. Moliyaviy ma’lumotlar hozircha oshkor etilmagan. 

Eslatib o‘tamiz, Abbosbek joriy mavsum TsSKA safida RPLning 6 o‘yinida bittadan gol va assistni o‘z nomiga yozdirib qo‘ydi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!