
Abbos Fayzullaev hafta oxirigacha Moskvaga etib boradi
"Paxtakor" yarim himoyachisi Abbos Fayzullaev faoliyatini TsSKA klubida davom ettiradi, deya yozmoqda Metaratings nashri.
Manbaning yozishicha, 19 yoshli futbolchi hafta oxirigacha Moskvaga uchib boradi va yangi klubi uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tadi.
Ma’lumot uchun, Abbos "sherlar" asosiy tarkibida 2 yil avval debyut qilgan. Fayzullaev shu yili O‘zbekiston milliy terma jamoasida ham debyut qilishga ulgurdi.
Fikrlar